“G`ishtko`prik” posti bojxona xodimlari va Toshkent viloyati IIB vakili bilan xamkorlikda postga piyoda holda kirib kelgan M. R.ga tegishli bo`lgan qo`l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazildi, deb xabar qildi Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, og`zaki so`rovda bojxona xodimiga ma`lum qilinmagan, qiymati qariyb 61 mln. so`mlik, umumiy vazni 1217 grammdan iborat bo`lgan oq metalldan yasalgan 184 dona har xil turdagi zargarlik buyumlarini yashirincha olib kelinayotganligi aniqlandi.
Yana bir holat fuqaro A. A. ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, uning qo`l yuklari orasida bojxona xodimiga og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan, qiymati 42 680 000 so`mlik umumiy og`irligi 194 gramm bo`lgan 28 dona sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari olib kirilayotganiligi fosh etildi.
Bu postda O`zbekistonga kirib kelayotgan 10 nafar fuqarolarning qo`l yuklarida bojxona xodimining og`zaki so`rovida ma`lum qilinmagan 121 mln. so`mga yaqin 82 dona umumiy og`irligi 600 grammdan ortiq bo`lgan turli zargarlik buyumlari mavjudligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






