AsosiyJamiyat

Toshkent metrosidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

'Toshkent metrosidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berildi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” Telegram kanali orqali Toshkent metrosidagi favqulodda holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Xabarda aytilishicha, 11 oktyabr kuni soat 14 dan 24 daqiqa o`tganda Chilonzor metro liniyasining "Olmazor" bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyiga kelganda texnik nosozlik tufayli to`xtab qolgan.

Undan keyin kelayotgan poezdlarni aylantirish imkoniyati bo`lmagan.

Shu sababli metrodagi poezdlar harakat jadvalini saqlash hamda yo`lovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, poezdlar oralig`idagi masofa cho`zilib ketishining oldini olish maqsadida "Paxtakor" bekatida vaqtincha poezdlar ikkinchi yo`lga aylantirilib, harakati tashkil qilindi.

Bu jarayonda poezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi. Yuz bergan texnik nosozlik jami 35 daqiqada bartaraf qilindi va metro poezdlari yana o`z jadvali asosida harakatini davom ettirdi.

Eslatib o`tamiz, Bugun, 11 oktyabr kuni soat taxminan 15.00 lar atrofida Toshkent metropolitenining "Chilonzor" yo`nalishida harakat to`xtab qolgani haqida xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar