AsosiyDunyo

“Maykl” dovuli AQShga 30 mlrd. dollarlik iqtisodiy ziyon etkazadi

'“Maykl” dovuli AQShga 30 mlrd. dollarlik iqtisodiy ziyon etkazadi'ning rasmi

AQShning Florida shtati sohillariga etib kelgan “Maykl” dovuli mamlakatga 30 mlrd. dollarlik iqtisodiy ziyon etkazadi, deya xabar bermoqda Lenta.ru nashri.

Ziyon qiymatiga turar-joy, xo`jalik binolari hamda boshqa inshootlar ko`rgan talofatlar bilan birga tabiiy ofat sababli turli biznes va savdo-sotiqning to`xtab qolgani ham qo`shib hisoblangan. Kuchli shamol tufayli daraxtlar va ustunlarning ag`anashi elektr uzatish liniyalari uzilishiga olib kelishi mumkin. Bu esa zarar qiymatini yanada oshiradi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat hududidagi shamol tezligi 240 km/soatni tashkil qilmoqda. Dovul 4-darajaga etib keldi. Hozirda Florida, Alabama va Jorjiya shtatlarida favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan. Jorjiya gubernatori Neytan Dilning ma`lum qilishicha, milliy gvardiyaning 1,5 mingga yaqin jangchisi qutqaruv va tiklash ishlarini shay holatga keltirilgan.

    Boshqa yangiliklar