Ispaniyaning Mayorka orolida davom etayotgan toshqin 10 kishining umriga zomin bo`ldi, deb xabar berdi RENtv.ru nashri.
Bundan tashqari, yana 20 nafar inson bedarak yo`qolgan, deya hisoblanmoqda. Reuters axborot agentligi tarqatgan xabarlarga ko`ra, qurbonlar orasida 2 nafar Buyuk Britaniya fuqarolari ham bor. Orolga yopirilgan to`fon avtomobillarni oqizib ketgan va o`nlab uylarni vayron qilgan. Bu vaqtda mashina ichida bo`lgan odamlar avtomobil ichida qolib ketgan va keyinchalik qutqarib olingan. Hozirda Mayorkada 11 ta avtomagistrallar yopildi. Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchez hududga tashrif buyurib, vaziyat bilan tanishdi hamda qurbonlarning yaqinlariga ta`ziya bildirdi. Qutqaruv ishlariga 600 dan ortiq harbiylar jalb qilingan.






