Turkiyaning g`arbiy sohillarida halokatga uchragan qochoqlar qayiqlari aniqlandi, deya xabar qilmoqda Reuters axborot agentligi.
Uning qaerdan yo`lga chiqqani va ketayotgan manzili aniq emas. Biroq 8 kishi halok bo`lgan va yana 25 nafar inson bedarak yo`qolgan, deya qayd etildi. Voqea Turkiyaning Izmir viloyati yaqinida sodir bo`lgan. Qochoqlar Afrika mamlakatlari fuqarolari ekanligi ma`lum qilingan. Ular o`z vatanlaridagi og`ir sharoit tufayli Evropaga dengiz orqali o`tishga uringan bo`lishlari mumkin. Hozirda yo`qolganlarni qidirish-qutqarish ishlari olib borilmoqda.






