AsosiyDunyo

Hindistonga Titli to`foni yopirilmoqda

'Hindistonga Titli to`foni yopirilmoqda'ning rasmi

Hindistonning sharqiy hududlariga Titli to`foni yopirilmoqda, deb ma`lum qildi The Guardian nashri.

Bo`ron ayrim joylarda daraxtlarni ag`darib, elektr va telefon simlarini uzilishiga olib kelmoqda. Oqibatda esa yuz minglab odamlar elektr ta`minotlarisiz qolishga majbur bo`lishmoqda. Orissa shahrida 300 ming kishi tabiiy ofat tufayli evakuvasiya qilingan. Ular maktab va shu kabi binolarga vaqtincha joylangan. O`lim holatlari bor yoki yo`qligi to`g`risida aniq ma`lumotlar yo`q. Biroq mahalliy ommaviy axborot vositalari tan jarohati olganlar borligi xaqida xabar bergan.

    Boshqa yangiliklar