AsosiyJamiyat

UMS aloqa operatori O`zbekistonda bo`sh ish o`rinlari haqida e`lon berdi

13 oktyabr kuni O`zbekistonda «MTS» o`rniga ochiladigan Universal Mobile Systems kompaniyasi MyJob.uz vakansiyalar saytiga bo`sh ish o`rinlari haqida bir nechta e`lon joylashtirdi. Bu haqda RedPen xabar berdi.

Bular tarif siyosati guruhi rahbari, ushbu guruh mutaxassisi hamda «1C» bo`yicha dasturchi o`rinlaridir. Ishga joylashish uchun MyJob.uz tizimida ro`yxatdan o`tish va tizim orqali rezyume yuborish darkor.

Kompaniyaning saytdagi sahifasida ko`rsatilishicha, u O`zbekistonda UMS savdo belgisi ostida 2014 yilda ochilgan.

Eslatib o`tamiz, yangi UMS aloqa operatori O`zbekistonda 1 dekabrdan o`z faoliyatini boshlashi xabar berilgan edi. O`tgan hafta Universal Mobile Systems MChJ qo`shma korxonasi direktori etib avval «MTS» kompaniyasining Rossiyaning Oltoy o`lkasidagi filialiga rahbarlik qilgan Dmitriy Nagorniy tayinlangani ma`lum bo`ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar