1

Ota o`z farzandlarini jinoyatiga sherik qildi

Jinoyat 14.10.2018, 14:59
Ota o`z farzandlarini jinoyatiga sherik qildi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida shu yil 6 oktyabr kuni «Ko`hna shahar» MFYda yashovchi O`.Q. IIBga ariza bilan murojaat qildi.

U shu yil 28 sentyabr kunidan 5 oktyabr kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxslar «Ruslan chorvador invest» fermer xo`jaligi dala maydonidan 5 bosh qoramolni o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «O`zbekiston» MFYda yashovchi R.Sh. va uning birga yashovchi o`g`illari O.Sh. hamda A.Sh.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1