1

Samarqandda maktab o`quvchisi ishtirokida avtomashina olib qochgan guruh qo`lga olindi

Jinoyat 16.10.2018, 10:24
Samarqandda maktab o`quvchisi ishtirokida avtomashina olib qochgan guruh qo`lga olindi

Samarqand shahrida shu yil 13 oktyabr kuni noma`lum shaxs «Oriyo Mehr» MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan shu MChJ rahbari D.T.ga tegishli Hyundai Sonata rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina 72-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi binosi oldidan texnik soz holda topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchilar I.L., 55-sonli o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchisi F.S. va T.X.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1