1

Quva tumani hokimining o`rinbosari va kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Jinoyat 16.10.2018, 14:24
Quva tumani hokimining o`rinbosari va kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona shahar bo`limi xodimlari tomonidan DXX Farg`ona viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda «G.S.» MChJ rahbari U.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o`tkazildi.

Tadbirda Quva tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari X.R. va tuman kadastr bo`limi mutaxassisi Sh.Q. tumandagi maktabgacha ta`lim muassasalaridagi ta`mirlash ishlarini bajarish majburiyatini «G.S.» MChJ zimmasiga yuklash evaziga «G.S.» MChJ rahbari U.dan kelishilgan 1500 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarini pora tariqasida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan tuman hokimi o`rinbosari X.R. va kadastr bo`limi mutaxassisi Sh.Q.larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1