1

Namangan viloyatida firibgar 10 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 17.10.2018, 12:32
Namangan viloyatida firibgar 10 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushdi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan xabarga ko`ra, shu yilning 11 oktyabr kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga N.O. ariza bilan murojaat qilgan.

U o`z arizasida 2018 yil 10 oktyabr kuni molxona qurish uchun er maydoni ajratish yuzasidan Mingbuloq tumani hokimligiga borganida, u erda bo`lgan X.M. fermer xo`jaligi rahbari bo`lmasada, o`zini tumandagi “Shuhrat Abdulqosimovich” nomli fermer xo`jaligi rahbari deb tanishtirib, N.O.ning ishonchiga kirib, unga o`zining fermer xo`jaligiga tegishli bo`lgan 6,5 gektar er maydoniga molxona qurish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib berishini aytib, evaziga 50 ming AQSh dollari berishini so`rayotganligini ma`lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Mingbuloq tumanidagi “Shuhrat Abdulqosimovich” fermer xo`jaligi ish yurituvchisi bo`lib ishlovchi X.M. Namangan shahrining Go`zal dahasida ariza muallifi N.O.dan talab qilingan pullardan 10000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan X.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi, 28-moddasi va 211-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1