1

Izboskan tumanida ona 5 yoshli farzandining umriga zomin bo`ldi

Jinoyat 17.10.2018, 12:41
Izboskan tumanida ona 5 yoshli farzandining umriga zomin bo`ldi

2018 yil 16 oktyabr kuni Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi uy bekasi Sh.V. uyida 5 yoshli o`g`li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog`och bo`lagi bilan urib, jarohat etkazgan.

Natijada Z.K. kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu erda vafot etgan. Sh.V. qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1