AsosiyJamiyat

Birinchi Prezident oilasi bilan qanday dam olgan?

'Birinchi Prezident oilasi bilan qanday dam olgan? 'ning rasmi

Karimov Fondi O`zbekiston Birinchi Prezidenti oilasi bilan qanday dam olgani haqidagi Lola Karimova-Tillaevaning xotiralarini facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.

"Bahorgi ta`til kunlarida bolalar bilan ota-onamdan xabar olish uchun Toshkentga kelgan edik. Navruz bayrami arafasi edi. Otam nabiralarini ko`rganda hamisha nihoyatda quvonar edilar. Farzandlarim ham bobosini katta xursandchilik va qiy-chuv bilan kutib olishar va ostonadanoq o`z o`yinlariga chorlar edilar.

Shunday damlarda otam “Bolali uy bozor, bolasiz uy mozor” maqolini takrorlar edilar.

Kechki ovqat paytida otam Samarqandni nabiralariga ko`rsatish istaklari borligini aytdilar va biz ertasi kuniyoq Samarqandga yo`l oldik.

Bu juda ham fayzli safar bo`ldi. Qadimgi obidalarni borib ko`rdik, ajdodlarimiz ruhiga hurmat bajo aylab, ular dafn etilgan makonlarni ziyorat qildik. Otam kuchli xotira egasi edilar, va Samarqand tarixiga oid ko`pgina qiziqarli voqealarni bizlarga so`zlab berdilar.

Katta qizim Mariamga Registon maydoni to`g`risida batafsil gapirib berganlari, Tillakori madrasasining go`zal bezaklarini hayratda tomosha qilganimiz xali ham ko`z oldimda.

Samarqandga qilgan ushbu safarimizdan ikki yildan sal oshiq vaqt o`tib, ayni shu maydon va madrasa yonida otam bilan vidolashib, ularni mangu maskanlariga kuzatdik".

Boshqa yangiliklar