1

Qalbaki dollar muomalada "harakatlanayotgani" aniqlandi

Jinoyat 18.10.2018, 16:11
Qalbaki dollar muomalada "harakatlanayotgani" aniqlandi

Departamentning Zangiota tuman bo`limiga fuqaro E.Sh. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda Toshkent xalqa yo`li yoqasida qo`y sotayotgan vaqtida, ikkita noma`lum shaxs undan bir bosh qo`y sotib olib, 300 AQSh dollari to`lashganligini, ushbu pullarning haqiqiy ekanligiga shubha qilayotganligini bildirgan va ekspertiza tayinlash uchun mazkur pullarni o`z ixtiyori bilan topshirgan.

Toshkent viloyat IIB EKBning bergan ekspertiza xulosasida, fuqaro E.Sh. tomonidan topshirilgan 300 AQSh dollari qalbaki ekanligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1