Poytaxtda joriy qilinayotgan yo`l harakati xavfsizligini boshqarish tizimining «bosh miyasi» Toshkentdagi Glinka ko`chasidagi Yo`l harakati xavfsizligi shahar boshqarmasining sobiq binosida joylashadi, deya xabar bermoqda RedPen. U erga barcha axborotni qayta ishlashga qodir bo`lgan kompyuterlar o`rnatiladi.
Dispetcherlik markazida kameralar va patrul xizmatini bog`lab turuvchi, maxsus o`qitilgan mutaxassislar faoliyat ko`rsatadi. Kompyuterlardagi ma`lumotlar uzoq vaqt davomida saqlanadi (ular bora-bora arxivlanadi).
Toshkentda tizimdagi muhim bo`g`inlardan yana biri — patrul mashinalari soni ko`payadi. Ular zamonaviy kompyuter, kamera, rangli displeyga ega rasiya va boshqa yangi texnikalar bilan jihozlanadi.





