O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 13 oktyabr kuni “1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko`ra, 2015 yildan boshlab 1941-1945 yillardagi urush va mehnat faxriylari yiliga bir marta o`zlari uchun maqbul muddatlarda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi hamda respublika davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining sanatoriy-sog`lomlashtirish muassasalarida bepul sog`lomlashtirish kursidan o`tish huquqiga ega bo`ladi.
Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi Kengashi va “Nuroniy” jamg`armasiga urush faxriylari o`z salomatliklarini tiklaydigan sanatoriy-sog`lomlashtirish muassasalarining ro`yxatini belgilash topshirildi.





