AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 160 ta chorrahaga videokuzatuv kameralari o`rnatiladi

O`zbekistonda joriy qilinayotgan yo`l harakati xavfsizligini boshqarishning kompyuterlashgan tizimi videokuzatuv kameralari, dispetcher markazi va patrul mashinalari kabi uchta bo`g`indan iborat, deya xabar bermoqda RedPen.

Kameralarni avval Toshkentda, so`ng Samarqandda, undan keyin esa butun respublika bo`ylab o`rnatish rejalashtirilmoqda.

Dastlab Toshkentdagi 120 ta chorrahaga kameralar o`rnatish va buning uchun 1200 ta kamera sotib olish ko`zda tutilgan edi. Yakunda kamera bilan jihozlanadigan chorrahalar soni 160 tagacha ko`paytirildi.

So`nggi bir necha oy ichida Toshkentdagi chorrahalarga kuzatuv tizimini o`rnatish ishlari olib borilmoqda. Kameralar va dispetcherlik markazi o`rtasida aloqa o`rnatish uchun «O`zbektelekom» AK aloqa liniyalarini o`tkazmoqda.

    Boshqa yangiliklar