O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg`i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o`zgarishi to`g`risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.
Unga ko`ra, 2018-2019 yillarda tariflar va narxlar o`zgarishi jadvali belgilanmoqda.
tabiiy gaz tarifi (QQS hisobga olingan holda, 1 kub metriga)
- hisoblash uskunalari bo`lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan — 320 so`m;
- 2019 yilning 1 iyunidan- 350 so`m;
- hozirda — 289,74 so`m;
- hisoblash uskunalari bo`lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
ovqat tayyorlash va issiq suv ta`minoti uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan — 553 so`m;
- 2019 yilning 1 iyunidan — 605 so`m;
- hozirda — 501,06 so`m;
isitish uchun:
- 2018 yilning 16 noyabridan — 320 so`m;
- 2019 yilning 1 iyunidan — 350 so`m;
- hozirda — 232,37 so`m;
suyultirilgan gaz:
- 2018 yilning 16 noyabridan — 950 so`m;
- 2019 yilning 1 iyunidan — 1200 so`m;
- hozirda — 800 so`m.
Elektr energiyasi narxi (QQS hisobga olingan holda, 1 kVt soati uchun)
I va II guruhdagi iste`molchilar uchun:
- 2018 yil 16 noyabrdan — 331 so`m;
- 2019 yil 1 iyundan — 370 so`m;
- hozirda — 228,60 so`m;
elektr plitalar o`rnatilgan aholi turar-joylarida:
- 2018 yil 16 noyabrdan -250 so`m;
- 2019 yil 1 iyundan — 280 so`m;
- hozirda — 114,30 so`m.
2019 yilning 1 yanvaridan boshlab eksperiment tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida aholi tomonidan elektr energiyasi iste`molining bazaviy normasi oyiga bir abonent uchun 300 kVt.soat qilib belgilash taklif qilinmoqda.
Bu holda bazaviy norma doirasida iste`mol qilingan elektr energiyasi o`rnatilgan tarif bo`yicha, normadan ortig`i 1,2 karra qimmatroq narxda hisob-kitob qilinadi.
Qaror loyihasi muhokamasi 3 noyabrgacha davom etadi.