1

Mahalla fuqarolari yig`ini raisi pora bilan qo`lga tushdi

Jinoyat 20.10.2018, 13:04
Mahalla fuqarolari yig`ini raisi pora bilan qo`lga tushdi

Shu yilning 15 oktyabr kuni fuqaro M.M. Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Unda Qibray tumanida joylashgan “Bog`ishamol” mahalla fuqarolari yig`ini raisi X.M. unga uy-joy kadastr bo`limiga taqdim qilish uchun noturar joy bo`yicha ma`lumotnomani yozib berish evaziga 1 mln. 500 ming so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida talab qilayotganligini ma`lum qilgan. 2018 yil 16 oktyabr kuni Toshkent viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`limi hamda Qibray tumani prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.M. o`z xizmat xonasida fuqaro M.M.dan 1 mln. 500 ming so`m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani bo`limi tomonidan X.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1