AsosiyJamiyat

“Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi” ko`rik-tanlovining tuman bosqichlari o`tkazilmoqda

"Kamolot” YoIH tizimida "Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi” ko`rik tanlovining Shayxontohur tuman bosqichi o`tkazildi. Tanlov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma uch yillik tantanasida so`zlagan nutqi asosida tuzilgan mavzular doirasida Toshkent Islom universiteti majlislar zalida bo`lib o`tdi.

Ko`rik-tanlovni "Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi ochib berdi. Kengash raisi hozirgi kunda respublikamizda, shuningdek, tumanda milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida to`xtalib o`tgan holda, "Eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi” ko`rik-tanlovining bir necha vazirliklar va qo`mitalar o`rtasida o`tkazilishi ham bu sohaga bo`lgan e`tiborning yuqori darajada ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.

"Yilning eng faol ma`naviyat targ`ibotchisi” ko`rik-tanlovida ham yuqorida sanab o`tilgan talablar asosida tayyorlangan tumanning ilg`or ma`naviyat targ`ibotchilari o`zaro bahslashdilar.

Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan taqdimot materiallari, fotoalbomlar, turli tarqatma materiallari hamda targ`ibot jarayonida qo`llaniladigan boshqa vositalar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

Tanlovda Toshkent Aloqa kasb-hunar kollejining "Kamolot” YoIH BT etakchisi N.Miralieva g`olib deb topildi. G`olib ko`rik-tanlovning Toshkent shahar bosqichida qatnashish yo`llanmasini qo`lga kiritdi.

Manba:www.kamolot.uz

    Boshqa yangiliklar