1

Surxondaryoda fuqaroni qo`rqitib, yirik miqdorda pul talab qilgan uyushgan jinoiy guruh ushlandi

Jinoyat 23.10.2018, 10:48
Surxondaryoda fuqaroni qo`rqitib, yirik miqdorda pul talab qilgan uyushgan jinoiy guruh ushlandi

Surxondaryo viloyati IIB JQB “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo`limidagi tezkor ma`lumot hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga Jarqo`rg`on tumani Uzumzor mahallasida yashovchi, Alijon Sotiboldiev(ism familiyalar o`zgartirilgan) yozgan arizasida 2014 yilda Jarqo`rg`on tumani Neft baza unitar korxonasi sobiq rahbari Majid Majidovga 15.000.000 (o`n besh million) so`m pul bergani, ammo pullarini hozirgacha qaytarib ololmayotgani ma`lum qilgan.

Alijon bir necha marta pullarini qaytarib berishni so`rab Majid Majidovning uyiga borgan. Biroq hech qanaqa natija bo`lmagan. 2018 yil 2 sentyabr kuni Jarqo`rg`on tumani Obod mahallasida yashovchi, 1992 yil tug`ilgan Toshtemir degan kishi Alijonga qo`ng`iroq qilib Uzumzor mahallasida yashovchi, 1980 yil tug`ilgan Salimjonning uyiga borishini, o`sha erda pulini olishini aytadi.

Alijon aytilgan manzilga boradi. Toshtemir va Salimjon Alijonni Jarqo`rg`on tumani Uzumzor mahallasi hududidan uzoqroqda joylashgan adirlikka olib borib, qabr qazishga majbur qiladi. Qo`l va oyoqlarini bog`lab, qabrga ko`mib tashlamoqchi bo`lishadi. Jinoyatchilar 15.000.000 (o`n besh million) so`m pulini so`ragani uchun Majid Majidovning obro`siga putur etgani, agarda shirin joni kerak bo`lsa, “Kobalt” rusumli avtomashinasini sotib 50.000.000 (ellik million) so`m pul berishi kerakligini va shundagina uni tinch qo`yishini aytadi.

Bu gaplarni eshitgan jabrlanuvchining ko`z oldida guldek farzandlari, oilasi va joni moddiy boylikdan azizligi gavdalanib, chorasiz qolganligi sababli mazkur shartga rozi bo`ladi.

Shundan so`ng Alijon Denov tumanidagi avtomashina bozoriga borib “Kobalt” rusumli avtomashinasini sotib, Toshtemir va Salimjonga ular talab qilgan 50.000.000 (ellik million) so`mdan 37.000.000 (o`ttiz etti million) so`mini va “Kobalt” rusumli avtomashinasiga tegishli “saka disk hamda shinalarini” berib yuboradi. Agar yana qolgan 12.000.000 (o`n ikki million) so`m pulni bermasa oila a`zolari bilan birgalikda o`ldirib, yo`q qilib yuborish uchun tahdid qilayotganini bayon etgan.

Alijon Sotiboldiev arizasiga asosan 2018 yil 18 oktyarb kuni Surxondaryo viloyati IIB JQB “Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish” bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir chog`ida talab qilingan 12.000.000 (o`n ikki million) so`m pulning 6.000.000 (olti million) so`mini olayotgan paytda jinoyatchilar qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan qo`shimcha surishtiruv ishlari natijasida Alijon Sotiboldievni Jarqo`rg`on tumani Uzumzor mahallasi hududidan uzoqroqqa olib borib, erga ko`mishni va o`ldirish bilan qo`rqitib, undan 50.000.000 (ellik million) so`m pulni olish rejasini jinoiy guruh tashkilotchisi Jarqo`rg`on tumani Uzumzor mahallasida yashovchi, 1985 yil tug`ilgan Nozim Nozimovich degan fuqaro tuzgani va jinoiy yo`l bilan olingan 50.000.000 (ellik million) so`m pulni guruh a`zolari o`zaro kelishuvga asosan taqsimlab olishgani aniqlandi.

O`zA xabariga ko`ra, holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1