AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi

'Shavkat Mirziyoev Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbariga Toshkent shahrining 2018-2019 yillardagi investisiya salohiyatiga oid ma`lumotlar taqdim etildi. Unga ko`ra, shu ikki yilda poytaxtimizda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o`rni yaratilishi mo`ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019 yilda 38 ta investisiya loyihasi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtimiz barcha sohalarda namuna bo`lishi kerakligini ta`kidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investisiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko`paytirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar