AsosiySiyosat

Prezident Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishi qurilishini ko`zdan kechirdi

'Prezident Toshkent metropolitenining Yunusobod yo`nalishi qurilishini ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev joriy yil 9 fevral kuni Yunusobod tumanida bo`lib, metropoliten qurilishi bilan tanishgan edi.

Davlatimiz rahbari 26 oktyabr kuni bu erga yana bir bor tashrif buyurib, qurilish ishlarining borishini ko`zdan kechirdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Hozirgi kunda bu erda Turkiston va Yunusobod stansiyalari hamda ular oralig`ida tunnelni qurish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu tunnelni yopiq usulda qazish uchun Germaniyadan “Xerrenktnext” kompaniyasining mexanizasiyalashgan majmuasi keltirilgan. Bu ulkan texnika may-sentyabr oylari davomida yig`ilgan. Soha mutaxassislari Germaniyada malaka oshirib keldi. Ko`prik qurilish tresti tomonidan tunnel devorlarini mustahkamlovchi tyubinglar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi.

Hozirgi kunda tunnel qazish ishlari boshlab yuborilgan.

Prezidentimiz ushbu texnik majmuani ko`zdan kechirdi. Mutasaddilarga metro stansiyalarining tashqi ko`rinishi va infratuzilmasi bo`yicha tavsiyalar berdi.

Transport kommunikasiyalarini qurishda shaharning kelgusi rivojini hisobga olish, hamma uchun qulay bo`lishini ta`minlash zarurligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar