AsosiyJinoyat

Haydab qochilgan avtomashina bo`laklarga bo`lingan holda dala maydonidan topildi

'Haydab qochilgan avtomashina bo`laklarga bo`lingan holda dala maydonidan topildi'ning rasmi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni noma`lum shaxs Qoraqalpog`iston Respublikasining Shumanay tumanida yashovchi G.K.ning uyi oldidagi qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini haydab qochgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Shumanay tumanida yashovchi, T.K. sodir etganligi aniqlanib, qo`lga olingan va olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida T.K. avtomashinani dala maydoniga olib borib bo`laklarga bo`lib ko`mib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar