AsosiySiyosat

Turkiya O`zbekistonga oltin qazib olishda yordam beradi

'Turkiya O`zbekistonga oltin qazib olishda yordam beradi'ning rasmi

Turkiya kompaniyasi Samarqanddagi oltin konlarini o`zlashtirishda yordam beradi. Viloyatdagi G`allabuloq va Qushtepada oltinga oid ob`ektlarni o`zlashtirish loyihasini amalga oshirish to`g`risida Davlat geologiya qo`mitasi va Turkiyaning "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi o`rtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda olib borishga doir memorandum imzolandi. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tasdiqlangan tartibga ko`ra, ilgari tomonlar o`rtasida memorandum va qayd etilgan ob`ektlar uchun oshkor qilmaslik to`g`risida kelishuv imzolangan va loyihada ishtirok etish bo`yicha qaror qabul qilish uchun geologik materiallar Turkiya tomoniga belgilangan tartibda berilgan.

photo5379618380337752596.jpg

Materiallarni o`rganish doirasida turk va nemis ekspert–geologlari tomonidan joylarga chiqilgan, namunalar olingan hamda Turkiya va Kanadadagi xalqaro laboratoriyalarda tahlil qilgan holda ob`ektni o`rganish tashkil etilgan. O`rganish yakunlari bo`yicha Turkiyaning nomi yuqorida tilga olingan kompaniyasi tomonidan loyihada ishtirok etishga qiziqish bildirilgan.

2018 yil 25 oktyabrda loyihani amalga oshirish to`g`risidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda "Taşyapı İnşaat Taahhüt Sanayi ve Ticaret AŞ" kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi: mavjud resurs bazasi to`g`risidagi axborotni aniqlashtirish va tarixiy geologik qidiruv ma`lumotlari, shu jumladan xalqaro standartlardan foydalanishni tasdiqlash uchun ob`ektlarda tekshiruv punktlarini ochish; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish uchun metallurgik sinovlarini o`tkazish; oltin zaxiralarini rivojlantirish uchun PTEO (taxminiy texnik-iqtisodiy asoslar) loyihasini ishlab chiqish.

Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so`ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to`g`risida kelishadilar.

Eslatib o`tamiz, Vazirlar Mahkamasi 2017 yil may oyida strategik jihatdan muhim bo`lgan qattiq foydali qazilmalarning 111ta istiqbolli maydonlari va 29ta koni ro`yxati nitasdiqlagan edi va bugungi kunda ularni geologik o`rganish va o`zlashtirish uchun chet el investisiyalari jalb qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar