1

“Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi” – oilalar mustahkamligi uchun xizmat qiladi

Jamiyat 01.11.2018, 11:27
“Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi” – oilalar mustahkamligi uchun xizmat qiladi

Bugun «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi hamkorligida “Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, yosh kelin-kuyovlar, tajribali trenerlar, yoshlar hamda OAV hodimlari ishtirok etishdi.

Shayxontohur tumani FXDYo bo`limi qoshida tashkil etilgan mazkur maktabning ochilish marosimida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori D.Toshmuhamedova, O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Quranboevlar so`zga chiqib, yurtimizda yoshlarning ongiga oila muqaddas ne`mat ekanligini singdirish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash ishlarini yanada chuqurlashtirish masalalari haqida ta`kidlab, “Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi” mustahkam va namunali oilalar ko`payishiga sezilarli hissa qo`shajagini aytib o`tishdi.

  • Yoshlarning taqdiri bog`lanadigan, bir butun bo`ladigan maskan bu – FXDYobo`limi.Yosh oila ilk qadamini aynan shu erdan boshlaydi. “Bo`lg`usi kelin-kuyov innovasion maktabi”ning FXDYo bo`limi qoshida tashkil etilayotgani ham bejiz emas, albatta. Bunday maktablarni esa ko`paytirishimiz lozim. Chunki oila ilmini egallashyoshlaruchun har doim kerak.Shuning uchun bizYoshlar ittifoqi ham hududlarimizdagi Yoshlar markazlarida tashkil etilgan to`garaklar safiga oila haqidagi darslarni ham kiritmoqchimiz. Chunki bola yoshligidanoila muqaddas ekanligini, uni mustahkam saqlash uchun etarli bilimga ega bo`lishi va lozimligini bilishi kerak, –dedi Q.Quranboev.
  • Men 26 yoshman.Hozirda ishlash bilan birgaMoliya institutida magistratura bosqichida tahsil olaman. Yaqinda bizShayxontohur tumanidagi FXDYo bo`limiga nikoh tuzish maqsadida ariza topshirdik. 18-noyabr kuni to`yimiz bo`ladi. Bugun oila qurish ostonasida turgan yoshlar uchun yo`l-yo`riq ko`rsatish, ularga har xil nizoli vaziyatlarda to`g`ri qaror chiqarish uchun ko`mak berish maqsadida tashkil qilingan “Bo`lg`usi kelin-kuyov innovasion maktabi”ning ilk tinglovchilari bo`lib, oila ilmiga bag`ishlangan ilk o`quv-mashg`ulotda qatnashib turganimizdan xursandmiz.

Tadbirda 50 yildan buyon birga yashab kelayotgan ibratli oila, elimiz ardog`idagi san`atkorlar Lutfulla Sa`dullaev va Gulchehra Sa`dullaevalar bir-birini tushunib, ardoqlab, hayot sinovlarini birgalikda engish sirlari haqidagi hayotiy tajribalari bilan o`rtoqlashdilar.

Bugungi kunda yurtimiz ijtimoiy hayotida o`z o`rniga ega bo`lgan Jamshid Umrzoqov va Dilnoza Umrzoqovalar ham yosh oila vakillari sifatida o`z fikrlarini bildirdilar.

So`ngra “Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi”da 15 juft oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun 1-dars boshlandi.

To`g`risi,1-dars juda qiziqarli va foydali bo`ldi.Malakali psixolog va trener Venera Ermatova har bir yoshninghayajonini his qilgan holda oilani mustahkamlovchi omillarga bag`ishlangan darsni psixologik treninglar bilan o`tib berdi. Bu mashg`ulotlarni oxirigacha qatnashamiz, – dedi Saidazizxo`ja Saidxo`jaev.

Dars yakunida bo`lg`usi kelin-kuyovlarga O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oilaviy hayot asoslarini o`rgatishga bag`ishlangan ilmiy va badiiy adabiyotlar to`plami sovg`a qilindi.

Innovasion maktabda qanday yo`nalishlarda master-klasslar o`tkaziladi?

- oilaviy munosabatlarning ma`naviy-ahloqiy asoslari;

- oila iqtisodiyoti, ro`zg`or va byudjetini yuritish;

- oiladagi ijtimoiy rollar va ularni anglagan holda munosabatlar qurish;

- er-xotin intim munosabatlaridagi “nozik” masalalar;

- nikoh munosabatlari va salomatlik, reproduktiv salomatlik;

- gender munosabatlari, oilaviy munosabatlarni uyg`unlashtirish va oilaviy nizolarning oldini olish;

- oilada muloqot madaniyati;

- oilada huquqiy munosabatlar;

- oilani idora etish, oila “siyosati”.

Mavjud o`quv dasturlaridagi ma`lumotlar ilmiy-uslubiy jihatdan, ya`ni milliy qadriyatlar asoslarining zamonning fan va jamiyat taraqqiyoti tendensiyalari bilan, psixologiya va boshqa ijtimoiy-huquqiy sohalardagi yangiliklari – innovasiyalari bilan uyg`un holda amalga oshiriladi.

“Oila” markazi tomonidan ishlab chiqilgan qizlar uchun “Oila saboqlari” mobil ilovasi, kelin-kuyovlar uchun ilk bor tayyorlangan “Mustaxkam oilaga yo`llanma” yon daftarchalari yoshlarni kelajagi uchun alohida ahamiyatga ega.

Innovasion maktabga kimlar o`qishi mumkin?

- FXDYo bo`limlariga nikoh tuzish maqsadida ariza topshirgan juftliklar;

- turmush qurishni rejalashtirayotgan yigit-qizlar juftliklari;

- kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablarining bitiruvchi sinf o`quvchilari (maxsus dastur asosida qisqa muddatli axborot sessiyalari).

“Bo`lg`usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi”ning o`quv- dasturi qanday tartibda olib boriladi?

Zamonaviy texnologiyalarni qo`llagan holda masofadan o`qitish va maslahat berish shakllari:

vebinar (internet orqali seminar va trening)lar;

masofadan, konfedensiallikni ta`minlagan holda, mutaxassislarining onlayn konsultasiyalari (psixolog, huquqshunos va boshqalar);

ijtimoiy tarmoqlarda innovasion maktab sahifasini ochish va bo`lg`usi kelin-kuyovlarga doimiy ruknlar yuritish, yoshlarning savollariga javob berib borish;

multimedia vositalari bilan maxsus jihozlangan mashg`ulot xonalari bo`lg`usi kelin-kuyovlarga videoroliklar orqali keyslarni namoyish qilish va ularning tahlili asosida ta`lim berish;

Innovasion maktab qoshida doimiy ishlaydigan va “Oilaviy” telekanali uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo`yicha teleko`rsatuvlar tayyorlash (realiti shou shaklida bo`lg`usi kelin-kuyovlarning roziligi asosida).

Innovasion maktabda mavjud an`anaviy maktablardan farqli ravishda nafaqat juftliklarning o`zini o`kitish, balki yakka holda mutaxassislarning maslahatlari bo`yicha xizmatlar, muayyan mavzular bo`yicha guruhlarda treninglar o`tish (masalan, bo`lajak kelinlar uchun: ayollik psixologiyasi, go`zallik psixologiyasi, sevikli bo`lish san`ati; o`g`il bolalar uchun androlog va urolog maslahatlari va hokazo) yo`lga qo`yiladi.

Kelgusida innovasion maktab bitiruvchilari qatoridan, olgan bilimlarini amalda qo`llab turmushini yo`lga qo`ygan, ushbu o`quvning foydasini anglagan bitiruvchilar saralanib, trenerlik mahorati bo`yicha treninglar tashkil qilinadi va “tengdosh tengdoshga” tamoyili asosida faoliyat yuritadigan volonter-trenerlar jamoasi shakllantiriladi.

Dars jarayonlari noan`anaviy tarzda shakllantirilgan bo`lib, o`quvchilar erkin va qulay muhitda mashg`ulotlarda ishtirok etadi.

Innovasion maktabning ochilish marosimida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori Dilorom Toshmuxamedova, O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboev hamda O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Narbaeva ishtirok etdi hamda bo`lg`usi kelin-kuyovlarga o`zlarining tavsiyalarini berdilar.

Shuningdek, oila qurish arafasida turgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash, ularga tavsiyalar berish maqsadida - O`zbekiston xalq artistlarini Gulchehra va Lutfullo Sa`dullaevlar oilasi
(50 yillik turmush yo`lini birga bosib o`tgan oila) hamda Jamshid Umirzoqov (jurnalist) va Dilnoza Umirzoqova (Yosh dizaynerlar Kengashi raisi, “Anor” atelesi asoschisi) o`zlarining namunali hayotiy faoliyatlari bilan o`rtoqlashdi.

Ochilish marosimi yakunida bo`lg`usi kelin-kuyovlarga oilaviy hayot asoslarini o`rgatishga bag`ishlangan ilmiy va badiiy adabiyotlar to`plami sovg`a qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1