1

Bekobodda kollej o`quvchisi jinoyatga qo`l urdi

Jinoyat 04.11.2018, 20:48
Bekobodda kollej o`quvchisi jinoyatga qo`l urdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanida shu yil 27 oktyabr kuni noma`lum shaxs «Yangiovul» MFYda yashovchi N.T. (ismli ayol)ning uyiga devor oshish yo`li bilan kirib, xonasidan 400 ming so`m pulini o`g`irlab ketgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumanida yashovchi Agroservis va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji yuqori kurs o`quvchisi I.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1