AsosiySport

Jahon chempionati. Ismatova raqibasini nokautga uchratdi

'Jahon chempionati. Ismatova raqibasini nokautga uchratdi'ning rasmi

Hindistonning Nyu-Deli shahrida boks bo`yicha ayollar o`rtasidagi yubiley 10-jahon chempionati bo`lib o`tmoqda, deb xabar berdi Olamsport nashri.

Ushbu musobaqada ilk marotaba O`zbekiston terma jamoasi to`liq tarkibda ishtirok etyapti. Jahon chempionatining ortda qolgan ikki kunida ringga ko`tarilgan besh bokschimizdan faqat bir nafarigina ikkinchi davraga yo`l oldi.

+81 kg vaznda ringga ko`tarilgan Go`zal Ismatova vengriyalik Adrien Junashni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va keyingi bosqichga yo`l oldi.

-48 kg vazndagi bokschimiz Gulasal Sultonalieva koreyalik Cho Rong Bakka 0:5 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Maftunaxon Melieva shotlandiyalik Megan Reydga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi.

-75 kg vazndagi vakilamiz E`zozaxon Melieva murosasiz kechgan birinchi davra bahsida mozambiklik Adosinda Gramanga 2:3 hisobida yutqazdi. Irlandiya, Argentina va polshalik hakamlar Adosindaga, Ruminiya va germaniyalik hakamlar esa E`zozaxonga g`alabani taqdim etishgan.

Ma`lumot uchun, ushbu jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Aleksandr Hamidov hakamlik qilyapti. U shu kungacha o`ndan ziyod janglarda hakamlik qilishga muvaffaq bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar