1

Moskvaga psixotrop tabletkalar olib ketayotgan yo`lovchi to`xtatib qolindi

Jinoyat 20.11.2018, 13:29
Moskvaga psixotrop tabletkalar olib ketayotgan yo`lovchi to`xtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari singari psixotrop moddalar ham ijtimoiy xavfli va og`ir oqibatlarga olib keladigan ofat sifatida qattiq qoralanadi, qanchadan-qancha kishilarning umriga, sog`lig`iga zomin bo`ladi.

Qarshi xalqaro aeroportida "Qarshi-Moskva" yo`nalishi bo`yicha "yashil yo`lak" orqali harakatlanib, uchib ketmoqchi bo`lgan fuqaro A.I. ning qo`l yuklari rentgen apparati yordamida bojxona nazoratidan o`tkazildi.

Natijada yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 38 dona “Alprazolam” yozuvli psixotrop tabletkalarini dorilar orasiga yashirilgan tarzda, noqonuniy ravishda yurtimizdan olib chiqilishining oldi olindi, deb xabar bermoqda qo`mita matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1