1

«Jiguli»ni olib qochgan maktab o`quvchilari «Neksiya»ga to`qnash keldi

Jinoyat 20.11.2018, 20:22
«Jiguli»ni olib qochgan maktab o`quvchilari «Neksiya»ga to`qnash keldi

Shu yilning 19 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi M.T. IIBga murojaat qilib, joriy yilning 18 noyabr kuni soat 22:00larda noma`lum shaxs Q.Otamirzaev ko`chasida joylashgan sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirilgan «VAZ-2103» rusumli avtomashinani haydab qochganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida noma`lum shaxs avtomashinani Namangan shahridagi «Fazo» chorrahasida haydab ketayotib, shu erda svetaforning qizil chirog`iga to`xtab turgan X.Q.ga tegishli «Neksiya» rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to`qnashuv sodir etgan va avtomashinani voqea joyida qoldirib, o`zi u erdan yashiringanligi aniqlangan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 15-sonli o`rta maktabning 9-sinf o`quvchilari M.M. va J.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olingan. Holat yuzastdan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1