Kecha, 29 noyabr kuni Jizzaxda IIB xodimiga hujum qilgan bir qator shaxslar qo`lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, shu kuni tungi soat 01:30larda 4 nafar noma`lum shaxslar mast holda Jizzax viloyatining Forish tumani hududida xizmat vaqti va kiyimida bo`lgan tuman IIB xodimining bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat etkazib, voqea joyidan qochib ketishgan.
Natijada xodim kasalxonaga yotqizilgan.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni “Xonbandi” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.U., F.G`., J.H. va “Oqtepa” MFYda yashovchi H.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ular qo`lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






