1

Soхta diplom pand berdi...

Jinoyat 03.12.2018, 14:58
Soхta diplom pand berdi...

Sudlanuvchi H.Sattorova 2010 yil avgust oyida dadasi va dastlabki, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo`lmagan Komil ismli shaxslarbilan o`zaro jinoiy til biriktirib, Qo`qon shahridagi “Muqimiy” nomli Qo`qon Davlat pedagogika institutining“boshlang`ich ta`lim metodikasi” mutaxassisligi bo`yicha 2010 yil 14 iyulda tamomlaganligini tasdiqlovchi V№1014524-raqamli diplomni qalbakilashtirishgan...

Bundan tashqari, H.Sattorova o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, V № 1014524 raqamli diplomning qalbaki ekanligini bila turib, 2014 yil 2 sentyabr kuni Qo`shtepa tumanidagi 6-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabiga taqdim etib, mazkur diplom asosida maktabda 2016 yil 1 dekabr kuniga qadar boshlang`ich sinf o`qituvchisi vazifasida ishlab kelgan.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Qo`shtepa tuman sudining raisi Sh.Shamshiev tomonidan ochiq sud majlisida ko`rib chiqildi.

Sud tomonidan sudlanuvchi H.Sattorova O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasining
3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, uning aybiga to`liq iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishi, oilaviy ahvoli, ayolligi, ikki nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi, uning sodir etgan jinoyati uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar turkumiga kirishligi inobatga olinib, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga asosan jazodan ozod qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1