1

MIB bir kunda 2 ta pora taklif qilgan shaxsga chora ko`rdi

Jinoyat 03.12.2018, 20:12
MIB bir kunda 2 ta pora taklif qilgan shaxsga chora ko`rdi

2018 yil 1 dekabr kuni soat 12:00da Majburiy ijro byurosi Shayxontohur tuman bo`limi va tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda MIB Shayxontohur tuman bo`limi surishtiruvchisi M.Siddiqjonovning bildirgisiga asosan, Toshkent shahar, Shayxontohur tuman Qoratosh ko`chasida joylashgan “FOCUS” mebil saloni oldida o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazilgan.

Tadbirda tadbirkor A.V. qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan o`tkazilgan tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo`yicha 116.900.000 so`m etkazilgan zararni kamaytirib ko`rsatib, to`lov uchun 5.000.000 so`m hamda mazkur to`plangan hujjatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atmaslik evaziga surishtiruvchi M.Siddiqjonovga pora tariqasida 5.000.000 so`m, jami bo`lib 10.000.000 so`m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Unga nisbatan shu kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. MIB tomonidan bu kabi tadbir davom ettirilmoqda.

O`tkazilgan yana bir tadbirda, 2018 yil 1 dekabr kuni soat 18:30da Shayxontohur tumanidagi Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bosh energetigi I.N., ushbu institutning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan o`tkazilgan tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo`yicha 399.170.112 so`m etkazilgan zararni kamaytirib ko`rsatish hamda mazkur to`plangan hujjatlar bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atmaslikni niyat qilgan.

Shundan so`ng, I.N. tomonidan MIB tuman bo`limi surishtiruvchiga pora tariqasida 2.000 AQSh dollari pora tariqasida berishini ma`lum qilib, shundan 450.000 so`m bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Unga nisbatan shu kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1