36 yoshli hind yulduzi Priyanka Chopra 25 yoshdagi amerikalik xonanda Nik Jonasga turmushga chiqdi. Ularning to`yi butun Bollivud va Gollivud nazarida bo`ldi.
To`y marosimi hind urf-odatlari bo`yicha Mambay shahrida o`tkazildi. Kelin rasmiy marosimga sariq rangli sarida kuyov esa oppoq shervani libosida tashrif buyurdi.
Ular to`rt kun davomida o`zlarining to`y tantanalarini nishonlab, bir nechta bazmlar o`tkazdilar. To`y xristian va induistlar urf-odatlariga ko`ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o`tkazildi.
Nika Jonasning oilasi va qarindoshlari to`y arafasida Hindistonga kelib, Chopraning oilasi bilan tanishdi.
To`yga 200 kishi taklif qilingan edi. Ushbu ekzotik to`y Hindistonning 2018 yildagi eng shov-shuvli marosimi degan nomni oldi.