1

Samarqandda bezorilar bir oilaning besh a`zosiga jarohat etkazdi

Jinoyat 04.12.2018, 14:54
Samarqandda bezorilar bir oilaning besh a`zosiga jarohat etkazdi

Joriy yilning 3 dekabr kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi T.R., S.D. va uning ukalari B.D. va S.D.lar «Bog`ixon» MFYda yashovchi U.Yu.ning uyida bezorilik oqibatida uning turmush o`rtog`i Sh.Yu.(ismli ayol), otasi T.Yu., ukasi Sh.Yu. va 2 nafar qarindoshlarini turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

Natijada Sh.Yu. va uning 4 nafar qarindoshi kasalxonaga yotqizilgan. T.R., S.D. va uning 2 nafar ukasi qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1