1

​Farg`onada fuqaroni urib ketgan haydovchi ushlandi

Jinoyat 09.12.2018, 16:09
​Farg`onada fuqaroni urib ketgan haydovchi ushlandi

Farg`ona viloyatining Uchko`prik tumanida shu yil 6 dekabr kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Kattaqashqar qishlog`i hududida haydab ketayotib, velosipedda ketayotgan shu qishloqda yashagan O.A.ni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan.

Natijada O.A. jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shu erda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini Uchko`prik tumanida yashovchi O.X. o`z boshqaruvidagi “GAZ-53” rusumli yuk avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1