1

Buxoroda 75 mln. so`m o`g`irlagan shaxs ushlandi

Jinoyat 09.12.2018, 16:53
Buxoroda 75 mln. so`m o`g`irlagan shaxs ushlandi

Joriy yilning 8 dekabr kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashovchi O.M. IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 14 sentyabr kunidan 8 dekabr kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs Chig`irchi MFYda joylashgan savdo do`konidagi shkafidan 75 mln. so`m pullarini o`g`irlab ketganligini ma`lum qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni O`g`lon MFYda yashovchi U.I. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1