Bugun, 10 dekabr kuni Toshkentdagi Temuriylar tarixiy muzeyida “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasi doimiy ko`rgazmasining tantanali ochildi.
Tadbir “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” loyihasining 2018 yildagi faoliyati yakunlari hamda 2019 yilda yo`l xaritasini ishlab chiqishga bag`ishlangan xalqaro multimedia forum doirasida o`tkazilmoqda.

Tadbirni Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

Ko`rgazmada “O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida” turkumi albom-kitoblarining 20 tomi, “O`zbekistonning arxitektura epigrafikasi” turkumi 12 tomi, hozirgi paytda turli xorijiy mamlakatlar muzeylarida saqlanayotgannoyob o`rta asrlar qo`lyozmalari faksimilesi o`rin olgan. Jumladan,«Katta Langar Qur`oni», «Temur tuzuklari», «Zafarnoma», Husan Boyqaroning «Devoni», «Mirojnoma» kabi asarlar namoyish qilindi.





Ko`rgazmaga tashrif buyurganlar kitoblar bilan tanishib chiqishdi.






