AsosiyJinoyat

Bojxonachilar 15 mingdan ortiq naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqilishini oldini olishdi

'Bojxonachilar 15 mingdan ortiq naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib chiqilishini oldini olishdi'ning rasmi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari respublikamizdan piyoda ravishda chiqib ketayotgan fuqaroning qing`ir qilmishlarini fosh etishdi. Ushbu shaxs yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilmasdan turib, 7900 AQSh dollarini olib chiqib ketishga uringan ekan.

Mazkur post xodimlari aniqlagan yana bir qonunbuzilish xolatida esa fuqaro T.S.ning qo`l yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, ushbu shaxs egnidagi kurtkasi va shimining cho`ntaklariga yashirib, naqd xorijiy valyutalarni olib chiqmoqchi bo`lganligi fosh bo`ldi. Natijada, bojxona xodimining og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan hamda yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan holda 1200 AQSh dollari va 1 mln. 37 ming 500 qozoq tengesining yashirinicha olib chiqilshi oldi olindi.

Fuqaro A.D. esa yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilgan 5000 AQSh dollaridan tashqari, egnidagi kurtkasining chap cho`ntagi astari ichiga 1250 AKSh dollarini yashirib “G`ishtko`prik” chegara posti orqali qo`shni davlatga olib o`tayotganligi aniqlandi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunbuzilishiga qarshi kurashish bo`limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan xamkorlikda “G`ishtko`prik” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan A. M. tezkor kuzatuvga olindi.

Natijada, ushbu shaxs bojxona nazoratidan o`tgandan so`ng pasport nazorati oldida tashmachi fuqarolardan o`zbek milliy valyutasini yig`ib olayotgan vaqtida fosh qilindi. Uning qo`l yuklari xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida tashmachi fuqarolar yordamida jami 27 mln. so`mni noqonuniy ravishda qo`shni davlatga olib o`tayotganligi ma`lum bo`ldi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Farxod” chegara bojxona postiga piyoda xolda kirib kelgan fuqaro R.N. shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganda esa egnidagi kurtkasining ichki chuntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilganidan tashqari yashirib, 10 mln so`mini qo`shni davlatga olib chiqib ketayotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar