Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Toyota va Matiz avtomobillari o`zaro to`qashib ketdi, deya xabar bermoqda Vesti.uz.
Yo`l-transport hodisasi (YTH) qachon sodir bo`lgani ma`lum qilinmagan, hodisa natijasida Matiz’ning 29 yoshli haydovchisi halok bo`lgani, mashinada bo`lgan yana to`rt kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Toyota avtomobili yo`l harakati qoidalariga zid ravishda qarama-qarshi yo`nalishga chiqib borgani sabab, YTH sodir bo`lgan. Xabar berishlaricha, Toyota haydovchisi mast holatda bo`lgan.





