AsosiyDunyo

“Sevol” kemasi kapitani uchun o`lim jazosini talab qilishmoqda

Janubiy Koreya prokuraturasi “Sevol” kemasi kapitani uchun o`lim jazosini talab qilmoqda, deya xabar beradi Reuters.

Ekipajning to`rt a`zosi qotillikda ayblanmoqda. Kemani boshqargan Li Chjun Soka (Lee Joon-seok) uchun esa eng oliy jazoni talab qilishgan bo`lsa,  qolgan uch dengizchi uchun esa bir umrlik qamoq jazosini so`rashyapti. Ekipajning 11 a`zosi mas`uliyatsizlikda ayblanmoqda. Ular uchun 15-30 yil muddat berishlari so`ralmoqda.

“Sevol” kemasi 2014 yilning 16 aprel kuni ag`darilgan va cho`kib ketgan edi. Kema bortida jami 476 kishi bo`lgan, ularning ko`pchiligi maktab o`quvchilari edi. 294 kishi halok bo`ldi va 10 kishi bedarak yo`qoldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar