Viktoriya Bekxem – omadli biznesvumen va mehribon ona. Spice Girls guruhining sobiq a`zosining kundalik grafigi juda ham tig`iz, shunday bo`lishiga qaramasdan u oilasi uchun vaqt topmoqda.
Biroq ko`pchilik dizaynerni bolalariga qaramayotganlikda ayblamoqda. Bunday mish-mishlarning tarqalishiga Viktoriyaning do`kondan chiqayotgan rasmlari sabab bo`ldi. Vikaning qo`lida kichkintoy Xarper, uch yoshli qizchaning og`zida esa so`rg`ich.
Ushbu tasvirlarni ko`rgan pediatrlar bolaning rivojlanishiga va dunyoni tanishiga to`sqinlik qilmoqda deyishmoqda. Shifokorlarning tasdiqlashicha, Xarper yaxshi rivojlanishi uchun bu yoshda uning og`zi bo`sh bo`lishi va turli savollarni berishi kerak ekan. Og`zida so`rg`ichi bor qizchada esa bunday imkoniyat yo`q.





