AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ikki do`st zo`ravonlar tomonidan qonga belandi

Ota-onasidan xabar olgani ketayotgan kishi do`stini uchratib, uni ham mashinasiga taklif qildi. Haydovchi do`stining do`kondan non olishi uchun Toshkent viloyati Parkent tumani Xisorak qishlog`ida avtomobilni to`xtatganida, muqaddam zo`ravonlik qilib sudlangan shaxs ularning yo`lini to`sdi. Bu haqda O`zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Zo`ravon yigit «Bu mening hududim, tezda tuyog`ingni shiqillat», — deya o`dag`aylab, eshik oldidagi tayoqni olib, avtomobil egasining yuziga tushirdi. Ikki do`st janjal bo`lishi mumkinligini anglab, mashinani o`t o`ldirib, jo`nab ketdi. Do`sti aytgan manzilga kelishganida, ularning ortidan etib kelgan ikki mashinadagi bir guruh yigitlar avtomobillaridan tushib, do`stlarni do`pposlay ketdi. Kimdir mashinani boshqargan do`stning boshiga temir bo`lagi bilan urishi bilanoq qolgan zo`ravonlar ham uni tepkilay ketdi va ikki do`stni behush holda qoldirib, voqea joyidan yashirindi.

Do`stlar hamqishlog`i tomonidan qonga belangan holda topilib, zudlik bilan tuman shifoxonasiga olib ketildi. Biri o`ziga kelgach, voqeani aytib bergan bo`lsa, ikkinchisining tan jarohati og`ir bo`lib chiqdi. Shunga qaramay, shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan ikkala do`stning hayoti saqlab qolindi.

Tergov jarayonida janjalni boshlagan, avval ham qamalgan zo`ravon aybini tan olmadi. Biroq guvohlarning ko`rsatmalari uning qilmishini tasdiqlab berdi.

    Boshqa yangiliklar