2018 yil 13 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov Strasburg universiteti prezidenti Mishel Deneken bilan oliy ta`lim sohasida qo`shma loyihalarni amalga oshirish, universitetlararo hamkorlikni mustahkamlash va O`zbekistonda Fransiya universitetining qo`shma fakulteti/filialini ochish imkoniyatini muhokama qilish maqsadida uchrashdi.
Strasburg universiteti Fransiyaning etakchi davlat universtitetidir. 1538-yilda tashkil etilgan. 2017 yilda ushbu ta`lim muassasasi Fransiyadagi universitetlar reytingida 4-o`rinni egallagan. U turli sohalarda 18 nafar Nobel mukofoti sovrindorlarini chiqardi, shulardan 4 nafari ushbu ta`lim muassasasida dars bermoqda. Kimyo, fizika, tibbiyot, muhandislik, texnologiya, tilshunoslik va teologiya (26 chet tillari o`qitiladi) universitetning an`anaviy ravishda kuchli yo`nalishi hisoblanadi.
M.Deneken O`zbekistondagi xorijiy oliy o`quv yurtlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, ularning ko`pchiligi O`zbekistonda o`z filiallarini ochgan va Strasburg Universiteti bilan hamkorlikni tashkil etishga qiziqish bildirildi.
Strasburg universiteti rektori mamlakat rahbariyati tomonidan O`zbekiston oliy o`quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar yuksak baholarga loyiq ekanligini ta`kidladi. U universitetning hamkorlik to`g`gisida shartnomani imzolanishia tayyor ekanligiini ta`kidladi. Bu shartnoma birgalikdagi ta`lim loyihalarini amalga oshirishni, talabalar va professor-o`qituvchilar almashinuvini, shuningdek ushbu universitetning O`zbekistondagi qo`shma fakulteti/filialini tashkil etishni nazarda tutadi.
M.Denekenning so`zlariga ko`ra, universitetlararo loyiha noyob va o`ziga xos bo`lishi kerak. O`zbekiston kimyo, texnologiya, tibbiyot, biologiya, filologiya va boshqa sohalarda ulkan salohiyatga ega.
Imkoniyatlarni o`rganish va o`zbek tomoni bilan aniq muzokaralar olib borish uchun yaqin kunlarda Fransiya delegasiyasining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish taklif etildi. aralar olib borish uchun yaqin kunlarda Fransiya delegasiyasining O`zbekistonga tashrifini tashkil etish taklif etildi.
Uchrashuv yakunida Strasburg Universiteti bilan hamkorlik to`g`risidagi qo`shma bayonot imzolandi.






