Xalq ta`limi vazirligida mazkur yilning iyun-dekabr oylarida davlat rahbari mamlakatimizda xalq ta`limini isloh etish va ta`lim sifatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazildi.
Pedogoglarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida 2018 yilda 13 ming nafar erkak o`qituvchilar maktablarga qaytdilar, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Birgina, 2018 yilda 11,5 mingdan ortiq(2016 yilda 1900dan ortiq, 2017 yilda 9500 dan ortiq) oliy o`quv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislar maktablarga ishga qabul qilindi. 2019 yil 1 yanvardan pensiya yoshidagi o`qituvchilarning pensiyasi to`liq to`lanishi munosabati bilan 7 mingdan ortiq tajribali o`qituvchilar maktablarga qaytib ishga olindi.
Ta`kidlash joiz, UReport.uz loyihasi yoshlar orasida o`tkazgan so`rovnomasi natijalari shuni ko`rsatdiki, islohotlar natijasida 71% yoshlar o`qituvchi kasbini tanlashga tayyor.






