Joriy yilning 13 dekabr kuni O`zbekistonning Parijdagi delegasiyasi tomonidan Fransiyaning shaharni qurish bo`yicha rejalashtirish instituti vakillari L. Peran va "Vilmot Assosis Arkitex" kompaniyasining boshqaruvchi direktori B.Andryu bilan Samarqanddagi ijtimoiy ahamiyatga ega ob`ektlarni qurish loyihalarini tayyorlash jarayonida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.
Qayta tiklash ishlari rejalashtirilgan hududlar to`g`risida batafsil ma`lumot kelgusi xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik ko`rish uchun taqdim etiladi. YuNESKO talab va tartiblariga muvofiq barcha zarur hujjatlarni to`ldirish muhimligi qayd etilgan.

Ushbu tashkilotlarning vakillari umumiy e`tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq shaharni rivojlantirish bo`yicha o`z qarashlarini va fikrlarini taqdim etdilar. Ular bunday loyihalar diqqat bilan o`rganishni talab qilishini ta`kidladilar va yaqin kelajakda ushbu masala yuzasidan O`zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilish yuzasidan o`z takliflarini taqdim etishga ishontirdilar.






