AsosiyJamiyat

FVV Namangan viloyat boshqarmasi: hududimizda hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro`y bermagan

'FVV Namangan viloyat boshqarmasi: hududimizda hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro`y bermagan'ning rasmi

14 dekabr kuni chamasi soat 10.00larda Namangan shahrida yana portlashni eslatuvchi gumburlash ovozi eshitilgani haqida xabar bergan edik.

Bu ovoz nafaqat shaharda, balki ayrim tumanlarda ham eshitilgan va bundan yurtdoshlarimiz tashvishga tushib qolgani haqida xabarlar oldik.

Vahima va mish-mishlarning oldini olish maqsadida biz viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan telefon orqali bog`landik:

– Ovoz eshitilgani rost, – deydi boshqarma boshlig`i B.Ashurov. – Biz shu zahoti barcha tumanlardagi bo`linmalar, ichki ishlar, yong`in xavfsizligi, gidrometeorologiya, seysmologiya xizmatlari bilan tezkor bog`lanib olgan ma`lumotlarmizga ko`ra viloyat hududida hech qanday portlash yoki tabiat hodisasi ro`y bermagan. Shuningdek, boshqarma navbatchilik qismiga ham fuqarolardan favqulodda holat haqida murojaat kelib tushmadi. Ovozning manbaasi hozircha noma`lum. Uni aniqlash bo`yicha o`rganishlar olib borilmoqda. Sababi aniqlansa, albatta yurtdoshlarimizga ma`lum qilinadi.

Eslatib o`tamiz, 6 dekabr kuni ham viloyat hududida shunday gumburlash hodisasi yuz bergan va ovoz manbasi mavhum qolib, ijtimoiy tarmoqlarda ancha muhokamaga sabab bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar