Shu yilning 12 dekabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida fuqaro G.K. (ismli ayol)ning jasadi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
O`tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, u "nafas yo`llarini qon bilan berkilishi, aspirasiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va o`pka shishi"dan o`lganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan edi.
Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumanida yashovchi N.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. Tergov davom etmoqda.






