AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtrish uchun qanday hujjatlar taqdim etish lozim?

'Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtrish uchun qanday hujjatlar taqdim etish lozim?'ning rasmi

Mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko`rsatishning milliy tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlarni mantiqiy davom ettirish, davlat xizmatini ko`rsatishda talab etilayotgan hujjatlar sonini qisqartirish va fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta`lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o`quv guruhlarini ro`yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o`tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda Adliya vazirligi tomonidan Hukumatga kiritildi.

Loyihaga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 116-son qarorining 31-bandida belgilangan davr (2017 yil 1 oktyabr – 2020 yil 31 dekabr) mobaynida milliy haydovchilik guvohnomalarini guvohnomaning yangi namunalariga almashtirishda:

– haydovchining imtihon varaqasi yoki milliy haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi;

– belgilangan shakldagi tibbiy ma`lumotnoma;

– avtomototransport vositalarini o`n ikki oy davomida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab etishni bekor qilish nazarda tutilmoqda.

Amaldagi qonunchilikka bundan engillik kiritilishi "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" degan tamoyilning amaliyotdagi yana bir ifodasi bo`lib xizmat qiladi.

Mazkur qaror loyihasi bilan Internet tarmog`idagi O`zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi (regulation.gov.uz)da quyidagi havola https://regulation.gov.uz/ru/document/1427orqali tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar