Toshkentning Beshyog`och ko`chasi bo`ylab 17 dekabrdan 1 martga qadar harakatlanish cheklanadi.
Ushbu qaror Toshkent shahar hokimining 2018 yil 11 dekabrdagi ko`rsatmasiga asosan qabul qilingan, deyiladi IIBB matbuot xizmatining xabarida.
Ma`lum qilinishicha, "Humo Arena" muz kompleksining qurilishi munosabati bilan barcha turdagi avtomobillarga (qurilishda ishtirok etayotgan avtomobillardan tashqari) Beshyog`och ko`chasining Furqat ko`chasidan Afrosiyob ko`chasiga qadar harakatlanish cheklanadi.






